✍️ Sherlar

Juftu - Halolim

32.1K marta oʻqildi
Juftu - Halolim
Hayot tashvishlari nozik yelkangda,
Charchadim demaysan kulib turasan.
Gʻam alam cheksangda maʼsum chehrangda,
Jilmayib turasan
Shukr qilasan.
Qalbing toʻla mexr shirin hayolim,
EY MENING AYoLIM
JUFTU HALOLIM...

Tosh chiqsa kemirding sadaf tishingda,
Suv kelsa simirib roʻzgʻor ishingda.
Baʼzida ranjiding ozorlarimdan,
Bariga chidagan shirin hayolim,
EY MENING AYoLIM JUFTI HALOLIM...

Musofir yurtlarda bolam chaqam deb,
Sahardan shomgacha mehnatda yurdim...
Ortimdan kuzatib sekin pichirlab:
Olloh panohidaʺasrasin deding,
Sabriga tasanno shirin hayolim,
EY MENING AYoLIM JUFTI HALOLIM...

Tuhmat toshlari ham tegdi boshingga,
Ogʻu ham solishdi goho oshingga, Bariga chidagan metin bardoshim,
Farzand uchun jonin aylagan fido.
Joning omon boʻlsin shirin hayolim,
EY MENING AYoLIM JUFTI HALOLIM...!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Oz yashadimu bisyor dars oldim

19-avgust, 20182.8K