✍️ Sherlar

Oz yashadimu bisyor dars oldim

2.8K marta oʻqildi
Oz yashadimu bisyor dars oldim,
Qarangki arslonlar tulki izmida.
Haqiqat, adolat qarsak chalishar,
Kibr tashkillagan pulning bazmida.

Kuchlilar ishonchni koʻmib tashlashdi.
Ziyoli tilini tishlar bir chetta
Zamon qozi qildi poraxoʻrlarni,
Bugunning holi shu nu boʻlar erta.

Koʻpni koʻrgan aqlga - ish topilipti,
Nafsning qoʻlida durust mardikor.
Adolat qabrini izlaganlarning
Oʻngi qora jarlik, soʻli tikonzor.

Sakrasin balantroq koʻkka yetguncha,
Qaddini ursin zamonning zoʻri.
Unutib qoʻymanki qadrdonlarim,
Marifat abadiy, pul qoʻning kiri.

Maqsading maʼrifat boʻlsa, ey inson
Inshoolloh jannatda birga boʻlamiz.
Xaromdan mol-dunyo yigʻib yurganlar —
Yalangʻoch kelganmiz shunday ketamiz...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!