✍️ Sherlar

Kulganlarga ishonmang...

2.5K marta oʻqildi
Kulganlarga ishonmang...
Kulganlarga ishonmang doʻstlar.
Kulgu ekan asli bir niqob.
Bilmaymizki kulgu ortida.
Yashiringan qancha dard azob.

Kulganlarga ishonmang doʻstlar.
Kulgu bizni aldab qoʻyarkan.
Qanchalar qiynalgan har bitta inson.
oʻzidan oʻtganin oʻzi bilarkan.

Kulganlarga ishonmang doʻstlar.
Bu hayotda ozmi kuyganlar.
Oddiy shamdek bir yonib oʻchib.
Bir gul misol erta soʻlganlar.

Kulganlarga ishonmang doʻstlar.
Dardi bor ham yurarkan kulib.
Tashvishlari boshdan oshsa ham.
Yasharkanlar ichiga yutib.

Kulganlarga ishonmang doʻstlar.
Koʻrsatmaslar koʻzyoshlarini.
Yuzingizga jilmayib turib.
Unitishar tashvishlarini.

Kulganlarga ishonmang doʻstlar.
Dili ado boʻlganlar qancha.
Armonlarga berolmay bardosh.
Kulib turib oʻlganlar qancha.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Iltijo

21-avgust, 20182.7K
Sherlar

Davlatim borida...

21-avgust, 20182K