Iltijo
Olloh, daryo qil meni, sigʻmayin oʻzanimga,
Ulkan xarsanglar aro topay iymon yoʻlini.
Shamol boʻlayin-da men, solajak toʻzonimga,
Qaratay befarq,begʻam bashariyat dilini.
Olloh, bulut qil meni, toʻlgan umid yoshiga,
Gumon soyabonining sinayin bardoshini.
Ishonchga ishonchimni toʻsganlarning boshiga,
Doʻl boʻlib yogʻayin men, yoray shubha toshini.
Ollohim, oʻt qil meni doim yonay gurkirab,
Gʻubor bosgan koʻzlarni achishtirsin tutunim.
Musichadek mungʻayib, haqiqatdan yotsirab,
Kul bosgan yuraklarga
Solay vijdon oʻtini.
Olloh, tuproq qil meni, hokisor boʻlsin tanim,
Oʻzin tog' degan qirga aytay tuproq soʻzini.
Yuzimga oyoq bosgan har bir nokas kimsaning,
Bagʻrimga olay avval,izini, soʻng oʻzini.
Ollohim, tog' qil meni, toshi bardoshdan boʻlsin!!!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!