✍️ Sherlar

Bir soʻz bilan aytish ozgina qiyin

3.2K marta oʻqildi
Bir soʻz bilan aytish ozgina qiyin
Bir soʻz bilan aytish ozgina qiyin
Chunki bu sarobham boʻlishi mumkun
Hayotda oʻylamang sevgidur ustun
Chindan sevsangizham sevilmoq mushkul

Sevilgan sanoqli sevganlar bisyor
Agar sevilsangiz omad sizga yor
Javobsiz yuraklar ezilsa takror
Koʻzdagi yoshlari boʻlarkan uvol

Bazilar oʻylamay qadam bosarkan
Kimnidur qalbiga soʻroqsiz kirib
Vaqt oʻtib ketarkan unitib kechib
Oshiqning qalbini pichoqsiz tilib

Husniga tayanib davrin soʻrarkan
Bazibir pul uchun sevgan goʻzallar
Qoqilib eqilsa chiroy tark etib
Selga tutilarkan yomgʻirdan qochib

Hammani ogʻzida bir hil gʻiybatlar
Goʻyoki nomartdur barcha yigitlar
Biz sevsak yurakdan sevamiz biling
Sizlarni Baht uchun erkak etaklar

Toʻgʻri farishtamas barcha bir banda
Elbek Mirzo faqat yozar qalamda
Azoblab qiynamang nozik dillarni
Jarohat izlari qolmasin tanda
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!