Alam qilar Erkakka

Tuxmat toshlar otilsa.
Ishongan doʻst sotilsa.
Bilmay qarzga botilsa.
Alam qilar Erkakka.
Tark etganida omad.
Yori qilsa xiyonat.
Berilmasa omonat.
Alam qilar Erkakka.
Kamaysa topish tutish.
Dardlarni ichga yutish.
Nomarddan yordam kutish.
Alam qilar Erkakka.
Oldin yursa ulovda.
Keyin qolsa piyoda.
Hayot shunday sinovda.
Alam qilar Erkakka.
Farzand gapga kirmasa.
Halol, xarom bilmasa.
Savob ishlar qilmasa.
Alam qilar Erkakka.
Otasi ichib yursa.
Onasi qon tupursa.
Singlisi ishrat qilsa.
Alam qilar Erkakka.
Sovchilikka borsalar.
Kasbini past koʻrsalar.
Yorin boyga bersalar.
Alam qilar erkakka.
Jigari yer talashsa.
Haqqini yeb aldashsa.
Davralardan chetlashsa.
Alam qilar Erkakka
Ibrat aytar tilakni
Yaratgan mard erkakni
Ne tushsa ham boshiga
Yengmasin dard erkakni
Ishongan doʻst sotilsa.
Bilmay qarzga botilsa.
Alam qilar Erkakka.
Tark etganida omad.
Yori qilsa xiyonat.
Berilmasa omonat.
Alam qilar Erkakka.
Kamaysa topish tutish.
Dardlarni ichga yutish.
Nomarddan yordam kutish.
Alam qilar Erkakka.
Oldin yursa ulovda.
Keyin qolsa piyoda.
Hayot shunday sinovda.
Alam qilar Erkakka.
Farzand gapga kirmasa.
Halol, xarom bilmasa.
Savob ishlar qilmasa.
Alam qilar Erkakka.
Otasi ichib yursa.
Onasi qon tupursa.
Singlisi ishrat qilsa.
Alam qilar Erkakka.
Sovchilikka borsalar.
Kasbini past koʻrsalar.
Yorin boyga bersalar.
Alam qilar erkakka.
Jigari yer talashsa.
Haqqini yeb aldashsa.
Davralardan chetlashsa.
Alam qilar Erkakka
Ibrat aytar tilakni
Yaratgan mard erkakni
Ne tushsa ham boshiga
Yengmasin dard erkakni
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!