Nechun kelmading…???
Yoʻllaringga koʻzlarim mushtoq
Kelishingdan aylabon ogoh
Bevafo yor nechun kelmading?
Yuragimni qilding ming pora
Nechun koʻngling boʻldi qop-qora
Topildimi sevgiga chora
Bevafo yor nechun kelmading?
Vaʼdangga sen vafo qilmading
Senga boʻlgan sevgim bilmading
Yuragimni yondirib oʻtda
Bevafo yor nechun kelmading?
Yuragingda bormi oʻzga yor
U boʻlarmi senga vafodor?
Qora tunlar oʻtdiku bedor
Bevafo yor nechun kelmading?
Kutib, kutib toldi koʻzlarim
Armon boʻlib qoldi sozʼlarim
Pinhon yotar dilda boʻzlarim
Bevafo yor nechun kelmading?
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!