Mening dunyoyimda
Osmondan tushmadim, yerdan chiqmadim,
Meni yaratmagan quyoshiy oʻqlar,
Dunyoga keldimu, dunyo demadim,
Mening dunyoyim bor dunyosi yoʻqlar.
Hayot peshonamdan oʻpmadi bir bor,
Hayotiy qoʻrqinchlar oʻpdi qanchasi.
Mening dunyoyimda gul bor, qabr bor,
Mening peshonamda ishqning panjasi.
Yashayman toqatga toatlar qilib,
Mening dunyoyimda ajdarsherim bor.
Har kech vijdonimni joyidan yulib,
Gʻusl qildirguvchi moʻmin devim bor.
Siz meni bilmaysiz, bilolmaysiz ham.
Men bilgan dunyoda bilmaganlarim.
Mening dunyoyimning qoʻshigʻi - alam,
Mening dunyoyimning guli - nastarin.
Mening dunyoyimda qoʻllarim - xanjar
Mening dunyoyimda koʻzlarim - qamoq
Mening dunyoyimda dunyoyim yashar,
Mening dunyoyimda yoʻqdir yashamoq.
Aslida haqiqat insonning oʻzi,
Asli moʻminlik bu - vijdondir abad.
Hali dunyolardan ketaman toʻzib,
Meni olib ketar haqqa muxabbat.
Siz meni ranjitmang dunyoni sotib,
Koʻnglimni koʻzlarga sochib oʻtaman.
Osmonni yigʻlatib, yerni uygʻotib,
Keyin dunyoyimga qochib ketaman.
Meni yaratmagan quyoshiy oʻqlar,
Dunyoga keldimu, dunyo demadim,
Mening dunyoyim bor dunyosi yoʻqlar.
Hayot peshonamdan oʻpmadi bir bor,
Hayotiy qoʻrqinchlar oʻpdi qanchasi.
Mening dunyoyimda gul bor, qabr bor,
Mening peshonamda ishqning panjasi.
Yashayman toqatga toatlar qilib,
Mening dunyoyimda ajdarsherim bor.
Har kech vijdonimni joyidan yulib,
Gʻusl qildirguvchi moʻmin devim bor.
Siz meni bilmaysiz, bilolmaysiz ham.
Men bilgan dunyoda bilmaganlarim.
Mening dunyoyimning qoʻshigʻi - alam,
Mening dunyoyimning guli - nastarin.
Mening dunyoyimda qoʻllarim - xanjar
Mening dunyoyimda koʻzlarim - qamoq
Mening dunyoyimda dunyoyim yashar,
Mening dunyoyimda yoʻqdir yashamoq.
Aslida haqiqat insonning oʻzi,
Asli moʻminlik bu - vijdondir abad.
Hali dunyolardan ketaman toʻzib,
Meni olib ketar haqqa muxabbat.
Siz meni ranjitmang dunyoni sotib,
Koʻnglimni koʻzlarga sochib oʻtaman.
Osmonni yigʻlatib, yerni uygʻotib,
Keyin dunyoyimga qochib ketaman.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!