✍️ Sherlar

Yov ham doʻsting boʻlarkan

3.1K marta oʻqildi
Yov ham doʻsting boʻlarkan
Non tutmaydi ochqasang,
Suv tutmaydi chanqasang,
Katta odam boʻp qolsang,
Qoʻling gulga toʻlarkan,
Yov ham doʻsting boʻlarkan.

Kecha darding bilmagan,
Oomon kunda kelmagan,
Ne deb holing soʻrmagan,
Katta odam boʻp qolsang,
Yolgʻon doʻsting boʻlarkan,
Qoʻyning gulga toʻlarkan.

Hudo bersa omading,
Adl tursa qomating,
Arib gʻaming, kulfating,
Katta odam boʻp qolsang,
Qoʻling gulga toʻlarkan,
Yov ham doʻsting boʻlarkan.

Bazm qilsang soʻringga,
CHiqar ekan toʻringga,
Parvonaday boringga,
Sohta kuyin chalarkan,
Yov ham doʻsting boʻlarkan.

Yoʻllariga qara,kut,
kelmay qolsa oʻzing oʻt,
Alisher sen yoʻlin tut,
Katta odam boʻp qolsang,
Unga farqsiz boʻlarkan,
Asl doʻst,doʻst boʻlarkan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sherlar

Mening dunyoyimda

26-avgust, 20183.3K