Oʻzgani sevolmayman
Shamollarga uchirdim
Oʻylayverib har kuni
Yana seni tush koʻrdim
Nozikkina qoʻlingdan
Ushlab birga yursaydim
Mittigina koʻnglingda
Yolgʻiz oʻzim boʻlsaydim
Sochlaringni boʻynimga
Dorlar qilib il mayli
Baht kelardi koʻnglimga
Shu sochlaring tufayli
Bilaman bari xayol
Yuragingda oʻzgalar
Agar kelmasa malol
Bir kuningni menga ber
Shu birgina kuningni
Jannatlarday etayin
Keyin mayli dunyodan
Tanho oʻzim oʻtayin
Shu bir kunlik xotira
Bir umrga yitadi
Sening esa yodingdan
Ertasiga oʻchadi
Sevib qoldim xa toʻgʻri
Bundan afsus qilmayman
Bu olamda boshqani
Senday qattiq sevmayman
Sevishim mumkun bir kun
Yo boʻlmasa olti kun
Ja boʻmasa bir oydir
Lekin undan koʻp emas
Nima qilay yuragim
Sendan oʻzgani demas.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!