❤️ Sevgi haqida sherlar

Siz meni unutib qoʻydingiz

3.2K marta oʻqildi
Siz meni unutib qoʻydingiz
Qaylardasiz qay xayollarda
Sevgimdan ishqimdan toʻydingiz.
Yuragim sezyapti shu kunlar.
Siz meni unutib qoʻydingiz.

Bormikan oshiqning omoni
Gʻam sochar har yurgan tomoni.
Bilmaysiz baridan yomoni
Siz meni unutib qoʻydingiz

Men esa unutmay har damda.
Eslayman shodlikmi yo gʻamda.
Mehringizni etib siz kanda
Siz meni unutib qoʻydingiz

Yarım koʻnglim toʻlarmikina ?
Sizsizlikka koʻnarmikina?
Shunchalar ham boʻlarmikina ?
Siz meni unutib qoʻydingiz

Tugamas koʻzdagi namlarim
Qaydasiz ey baxtli damlarim
Bilmaysiz nedandur gʻamlarim
Siz meni unutib qoʻydingiz

Muhabbat har boshga savdomi
Sevganim aybmikin xatomi
Siz ham yo koʻp gulga shaydomi
Siz meni unutib qoʻydingiz...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!