Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi

Erkaklar sevgisi qoʻnim topmaydi,
Koʻngli bilan jismi birga yotmaydi...
Muxabbat bobida sevar chin dildan,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi...
Baʼzi bir ayollar erkakdan yahshi,
Mardlikda jonini tikvorar baxshi,
Noz ila oʻynatsa xam, koʻzu-qoshni,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi...
Sevsa, es xushidan ketiblar sevar,
Qornimas qadriga etiblar sevar,
Borligʻin fidolar etiblar sevar...
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Birovga nigoxin solmas qirini,
Ikki qilib tashlar, unmas birini,
Oʻlgunicha asrar, juftin sirini,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi...
Hafa eta koʻrmang, oriyati bor,
Xulqu chegarasin "moxiyati" bor,
Xayosida obod "Ohirati" bor...
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Toshni yorib,gulni undirib qoʻyar,
Dushmanni doʻstlikka koʻndirib qoʻyar,
Epsiz er, roʻzgʻorin doʻndirib qoʻyar...
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Duch kelganga qushday uchmaydi ular,
Xuzur, deb boridan kechmaydi ular,
Maishat sogʻinib, ichmaydi ular...
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Ularga yot odat-yolgʻon qasamlar,
Soyasi shubxali, tungi haramlar,
Farishta suratli, goʻzal sanamlar,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi...
Oʻtinsiz, taftida oʻtqazar qishin,
Tinchida bahtini topsa xar kunin,
Suymas, boy qasrida minnatli oshin...
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Topganin jamgʻarar xavas-toʻyiga,
Tomi taʼmirtalab eski uyiga,
Yiqqanin atagan yahshi kuniga,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi...
Aybi bir nomlari "ojiza" ekan,
Shundanmi, gox boshi koʻp "izza" ekan,
Asli Xaq yaratgan "mo''jiza" ekan,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Dilbar tabiatin feʼlidan biling,
Unga oqshom bitta gul olib keling,
Diydor der: Xar nafas ishonib seving,
Bersangiz Onalik bahtini bering...
Koʻngli bilan jismi birga yotmaydi...
Muxabbat bobida sevar chin dildan,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi...
Baʼzi bir ayollar erkakdan yahshi,
Mardlikda jonini tikvorar baxshi,
Noz ila oʻynatsa xam, koʻzu-qoshni,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi...
Sevsa, es xushidan ketiblar sevar,
Qornimas qadriga etiblar sevar,
Borligʻin fidolar etiblar sevar...
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Birovga nigoxin solmas qirini,
Ikki qilib tashlar, unmas birini,
Oʻlgunicha asrar, juftin sirini,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi...
Hafa eta koʻrmang, oriyati bor,
Xulqu chegarasin "moxiyati" bor,
Xayosida obod "Ohirati" bor...
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Toshni yorib,gulni undirib qoʻyar,
Dushmanni doʻstlikka koʻndirib qoʻyar,
Epsiz er, roʻzgʻorin doʻndirib qoʻyar...
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Duch kelganga qushday uchmaydi ular,
Xuzur, deb boridan kechmaydi ular,
Maishat sogʻinib, ichmaydi ular...
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Ularga yot odat-yolgʻon qasamlar,
Soyasi shubxali, tungi haramlar,
Farishta suratli, goʻzal sanamlar,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi...
Oʻtinsiz, taftida oʻtqazar qishin,
Tinchida bahtini topsa xar kunin,
Suymas, boy qasrida minnatli oshin...
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Topganin jamgʻarar xavas-toʻyiga,
Tomi taʼmirtalab eski uyiga,
Yiqqanin atagan yahshi kuniga,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi...
Aybi bir nomlari "ojiza" ekan,
Shundanmi, gox boshi koʻp "izza" ekan,
Asli Xaq yaratgan "mo''jiza" ekan,
Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi.
Dilbar tabiatin feʼlidan biling,
Unga oqshom bitta gul olib keling,
Diydor der: Xar nafas ishonib seving,
Bersangiz Onalik bahtini bering...
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!