✍️ Sherlar

Omon boʻling yuragimga Yaqinlarim

12.3K marta oʻqildi
Omon boʻling yuragimga Yaqinlarim
Bu dunyoda menga
Jondan azizlarim,
Ollohimga umri
Aziz lazizlarim,
Sizga bitay gʻubori yoʻq
Dil suzlarim,
Omon boʻling yuragimga
Yaqinlarim.

Tinglab mening kemtik
Koʻngil nolishlarim,
Taskin bergan ham
Yakinu olislarim,
Yuragida har tilagi
Holislarim,
Omon boʻling yuragimga
Yaqinlarim.

Ogʻa-inim opa-singlim
Qondoshlarim,
Siz hayotim yoʻlidagi
Yoʻldoshlarim,
Dardim olar dardlarimga
Dardkashlarim,
Omon boʻling yuragimga
Yaqinlarim.

Shodligini menla baxam
Koʻrganlarim,
Imkon topsa mehnatimni
Boʻlganlarim,
Bir qayrilib zabun
Xolim soʻrganlarim,
Omon boʻling yuragimga
Yaqinlarim.

Yahshi kunda unutmay
Yod olganlarim,
Dilga shirin orzularni
Solganlarim,
Goh achinib goh yupatib
Qolganlarim,
Omon boʻling yuragimga
Yaqinlarim...!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!