💔 Ayriliq haqida sherlar

Endi sizni sevmayman

3.8K marta oʻqildi
Endi sizni sevmayman
Qancha yolvorsangiz ham
Tiz choʻkib olsangiz ham
Majnundek yonsangiz ham
Endi sizni sevmayman

Boʻldi bitti aldashlar
Sevdim deya avrashlar
Xiyonatlar Dilim gʻashlar
Endi sizni sevmayman

Kutmagandim sizdan buni
Tutsin sizni sevgim xuni
Unutmangiz also shuni
Endi sizni sevmayman

Shu paytgacha goʻl ekanman
Xali yosh va gʻoʻr ekanman
Peshonasi shoʻr ekanman
Endi sizni sevmayman.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!