💔 Ayriliq haqida sherlar

Sani man vafodor debman

2.5K marta oʻqildi
Sani man vafodor debman
Sani man vafodor debman,
Qalbida vafo bor debman,
Koʻzlarimga tik boqmasding,
Uni man xayo bor debman,

Soʻzingda shifo bor debman,
Dardimga davo bor debman,
Bormidi manda yo qasding?
Sani man vafodor debman,

Mayda-mayda, maydalab yogʻar yomgʻir,
Yuzlarimni siypalab yogʻar yomgʻir,
Tomchilari eslatar sani manga,
Yuragimni timdalab yogʻar yomgʻir.

Kutmagan edim sandan xech
Nogoxon deding mandan kech.
Oʻzimda xato bor debman.
Soʻzimda xato bor debman.

Bergan vadangdan kechdingmi?
Yo niqobingni yechdingmi?
Yuzingda ziyo bor debman.
Sani man vafodor debman.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!