✍️ Sherlar

Aka - Uka urushmasin

22.4K marta oʻqildi
Aka - Uka urushmasin
Bir qorindan kelib dunyoga
Bir birini turtishmasin
Gʻiybat igʻvo gaplarni deb
Aka - Uka urushmasin.

Atrofdagi boʻxtonlar deb
Bir-birini asabin yeb
Tillariga beribla zeb
Aka - Uka urushmasin.

Bitmasa ham uydagi kam
Mayli oʻzi Dunyo bir kam
Yer teskari aylansa ham
Aka - Uka urushmasin.

Har qadamda bordir sinmoq
Jigar boʻlsin bir suyanch tog'
Boʻlsin ular etu tirnoq
Aka - Uka urushmasin.

Hayot qaltis qilsa oʻyin
Sinovlar ham boʻlsa qiyin
Nima boʻlsa boʻlsin lekin
Aka - Uka urushmasin.

Oʻzlariga boʻlar isnod
Koʻrib ne der begona yod
Dushman koʻrib kular hayxot
Aka - Uka urushmasin.

Mehrdan qalbga solib oʻgit
Mehribon boʻlsin har bola Yigit
Xasandan shu,shu soʻngi oʻgit
Aka - Uka urushmasin...!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!