✍️ Sherlar

Otajonim rozimisiz qizingizdan

9.9K marta oʻqildi
Otajonim rozimisiz qizingizdan
Koʻzingizni olib qochmang, jonim otam,
Aylanayin yigʻlayotgan koʻzingizdan.
Koʻz yoshlari kuz selidek oqayotgan,
Sajdagoxim rozimisiz qizingizdan.

Qizim deya ming bor oʻlib ming tirilib,
Qaygʻu alam qoʻnim topgan yuzingizdan.
Ostonadan oʻtolmayin yigʻlayotgan,
Qiblagoxim rozimisiz qizingizdan.

Bolaligim yigʻlayapti koʻz yoshimdek,
Ming aylanib oʻrgilayin oʻzingizdan.
Paranjida koʻz yoshlarin ichayotgan,
Panoxgoxim rozimisiz qizingizdan.

Or nomusi, xayo ibo zalvorini,
Olayapti qismat bugun elkangizdan.
Non tuzingiz oqlash uchun ketayotgan,
Otajonim rozimisiz qizingizdan.

Paloxmonning toshi kabi otildim- a,
Qizlik bilan hayrlashib uyingizdan.
Erkaligim koʻmib ketar koʻzingizga,
Shoxsuvorim rozimisiz qizingizdan.

Yoʻqlab turing kelolmasam mexribonim,
Yiroqdaman endi shirin soʻzingizdan.
Uyingizga mexmon boʻlib keladigan,
Buzrukvorim rozimisiz qizingizdan.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!