Yuragim bunchalar urmasang notinch

Yuragim bunchalar urmasang notinch,
Yelkangga gʻamlarni yuklama ortib.
Tangrimdan soʻrayman, senga bir oʻtinch,
Qaygʻuga dosh bermay, qolmagin qotib.
Xiyonat yoʻlida yiqilib qancha,
Koʻz yumib dardingni qilmading doston.
Qismating bitigi qaritdi ancha,
Lek gʻarib yuragim boʻlmading vayron.
Zardoblar yutmagin bagʻringni dogʻlab,
Qoqilgan damlarda boʻlgin madorim.
Bu foniy dunyodan oʻtmagin yigʻlab,
Sen menga keraksan, chekinma zorim.
Goxida taqdirning zil sinovlaridan,
Asrolmay yanada ozor beraman.
Zaxrini sanchigan gʻanim, yovlardan,
Faryodla koʻksimga mushtum uraman.
Yelkangga gʻamlarni yuklama ortib.
Tangrimdan soʻrayman, senga bir oʻtinch,
Qaygʻuga dosh bermay, qolmagin qotib.
Xiyonat yoʻlida yiqilib qancha,
Koʻz yumib dardingni qilmading doston.
Qismating bitigi qaritdi ancha,
Lek gʻarib yuragim boʻlmading vayron.
Zardoblar yutmagin bagʻringni dogʻlab,
Qoqilgan damlarda boʻlgin madorim.
Bu foniy dunyodan oʻtmagin yigʻlab,
Sen menga keraksan, chekinma zorim.
Goxida taqdirning zil sinovlaridan,
Asrolmay yanada ozor beraman.
Zaxrini sanchigan gʻanim, yovlardan,
Faryodla koʻksimga mushtum uraman.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!