✍️ Sherlar

Izlama topmaysan kn bahtli onlaring

2.5K marta oʻqildi
Izlama topmaysan kn bahtli onlaring
Onani norizo qilib ey farzand,
Dunyoda bahtiyor boʻlolasanmu?
Begona bir qizni koʻrdingku baland,
Ayt endi Jannatga kirolasanmu?

Toʻqqiz oy toʻqqiz kun tanida yashab,
Ayt shuning qarzini toʻlolasanmu?
Mehribon Onangning oq sutin oqlab,
Shu qizdan vos kechib ketolasanmu?

Yoʻq afsus muxabbat koʻr qildi koʻzing,
Onangsiz u bilan yasholasanmu?
Koʻchaga chiqsang gar yetaklab qizing,
Boshingni koʻtarib yurolasanmu?

Bu kecha oʻtmoqda Onasiz toʻying,
Bahtliman deb bir bor aytolasanmu?
Yurakdan chiqarib muxabbat kuying,
Otasiz, Onasiz chala olasanmu?

Boʻlasan bir kuni aniq pushaymon,
Adashgan ekanman deysan ey nadon
Koʻr sevging oʻzingga boʻladi dushman,
Dod solib yurakdan yigʻlaysan armon

Armon boʻlar onangning shirin suzlari armon bular otangning nasihatlari
Armon boʻlar utgan har bir damlaring
Izlama topmaysan kn bahtli onlaring
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!