✍️ Sherlar

Koʻnglim

6.2K marta oʻqildi
Koʻnglim
Dunyoni dard ila koʻtargan koʻnglim,
Azobni ranj ila koʻtargan koʻnglim.
Koʻksimga tig 'kabi qadalgan koʻnglim,
Adashib birovga atalgan koʻnglim...

Ustida togʻlarni koʻtargan koʻnglim,
Qop-qora dogʻlarni koʻtargan koʻnglim.
Keraksiz toshdayin otilgan koʻnglim,
Yolgʻonchi rozlarga sotilgan koʻnglim...

Duch kelding kimlarga meni zor koʻnglim,
Tor qilib dunyoni, oʻzi tor koʻnglim.
Oqibat, mexrni izlagan koʻnglim,
Mexrsiz dillarni sizlagan koʻnglim...

Qoʻy, endi yigʻlama bechora koʻnglim,
Adashgan sen emas, nachora koʻnglim.
Izlagin, topasan bir kuni koʻnglim-
Oʻzingdek mexrli koʻngilni koʻnglim...!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!