✍️ Sherlar

Erkaklarni ayblaymiz xiyonat qilsa

25.9K marta oʻqildi
Erkaklarni ayblaymiz xiyonat qilsa
Erkaklarni ayblaymiz xiyonat qilsa,
Kecha koʻrgan suluvni sevib qolsa yor.
Nima qilsin hotini bepardoz yursa,
Oydek jamolini qilib qoʻysa hor.

Ayol zoti hamisha oilam degan,
Ular uchun jonini berishga tayyor.
Oʻzingga xam ozgina qarashni oʻrgan,
Allox bergan husnni qilib qoʻyma hor.

Ering ishdan kelishiga yasangin ozroq,
Koʻzlari quvonsin boʻlsin bahtiyor.
Ishing koʻp uyingda bilaman, biroq,
Koʻchadagi goʻzaldan nima kaming bor?!

Singiljonim bu senga aql berishmas,
Sani oʻzing xammadan dono betakror.
Rafiqa boʻlmoqlik oson ish emas,
Ahir senda eng buyuk ayol qalbi bor.

Shirin soʻzing ayama charchab kelganda,
Qovogʻingni uyma ranjitma bekor.
Notanish oyimcha "Jonim" deganda
Sen yomon gapirma boʻlmagin abgor.

Balki sizga yoqmas bugun soʻzlarim,
Balki dersiz erkakka buncha eʼtibor.
Aqlligim goʻzalim qaro koʻzlarim,
Ahir eri suyganga Jannat vaʼda bor!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!