✍️ Sherlar

Yoʻqlab turing Bormisiz Deya

19K marta oʻqildi
Yoʻqlab turing Bormisiz Deya
Yoʻqlab turing Bormisiz Deya...
Dilga Yaqin Dildoshlaringiz...
Gʻanimat bilgancha Har Lahza Onni..
Izlab turing Yaqinlaringiz....

Yoʻqlab turing bormisiz deya...
Ishlaringiz Bahona qilmang...
Qoʻying Oʻsha tashvishlaringiz...
Eslab turing dindoshlaringiz...

Yoʻqlab turing Bormisiz Deya...
Mehr koʻzda Deyishmas Bejiz...
Garchi Olis boʻlsangiz Mayli...
Koʻngil Sovub Ketmasin Asli....

Yoʻqlab turing Bormisiz Deya...
Omonmisiz deya Sogʻmisiz Deya..
Yoʻqolib ketmasdan Oqibat Mehr..
Mehrlarni boʻlishib turing..

Yoʻqlab turing Bormisiz deya..
Izlaganni izlayman Demang...
Sogʻinganda Yaqinlaringiz...
Ginalarni Unutib turing...

Yoʻqlab turing Bormisiz Deya...
Diydor Shirin zavqini biling...
Aka - ukalaru, opa - singillar
Vaqtida Yaqinlar Qadrini biling

Yoʻqlab turing Bormisiz deya..
Shodliklarni teng baham koʻring..
Qoʻying Gina mayda Gap soʻzni...
Gʻanimatsiz Bir biringizga....

Yoʻqlab turing Bormisiz deya...
Uzoq boʻlib ketmasin koʻngil...
Yahshi Kunda sinovli Kunda...
Elkangizdan tutadi Ahir....

Yoʻqlab turing Bormisiz Deya...
Akaning Gapidan Ranjimang Sira...
Opalar Oʻylamay koyisa Mayli...
Bizni Foydamizni Oʻylaydi Bari...

Yoʻqlab turing Bormisiz Deya..
Koʻnglim Tinchligi Sogʻmisiz deya..
Otajon Onajon Jonim Jigarlar...
Yahshiyam borsizlar Hayotda Deya...

Yoʻqlab turing Bormisiz deya...
Yaqinlar borligi Baht deya bilib...
Vaqtning Har lahzasin Qadrini bilib..
Mehmondek Yashaylik har kuni Kulib!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!