Muxabbat – koʻzlarim tubidagi gul

Muxabbat – koʻzlarim tubidagi gul,
Koʻnglimni quyoshga tutgan, аzizam.
Oʻzimga oʻzimni tanitib baʼzan,
Oʻzimdan oʻzimni kutgan, azizam.
Faqat borliginga keltirmay iymon,
Bu telba baytlardan kulmoqlik ogʻir.
Bugun xilxonalar, mozorlar qolib,
Man seni ichimga koʻmyapman, axir.
Toki xayollarda kezib darbadar,
Koʻzlarim yoshiga ketay qorishib.
Qiymatin topmagan umrim borini,
Bitta yolgoninga qoʻydim alishib.
Muxabbat – qalbimning qasridagi kuy,
Manglayi tunday qora farishtam.
Rishtai jonimga tutashib ketgan,
Qanoti ming bitta yara farishtam...!
Koʻnglimni quyoshga tutgan, аzizam.
Oʻzimga oʻzimni tanitib baʼzan,
Oʻzimdan oʻzimni kutgan, azizam.
Faqat borliginga keltirmay iymon,
Bu telba baytlardan kulmoqlik ogʻir.
Bugun xilxonalar, mozorlar qolib,
Man seni ichimga koʻmyapman, axir.
Toki xayollarda kezib darbadar,
Koʻzlarim yoshiga ketay qorishib.
Qiymatin topmagan umrim borini,
Bitta yolgoninga qoʻydim alishib.
Muxabbat – qalbimning qasridagi kuy,
Manglayi tunday qora farishtam.
Rishtai jonimga tutashib ketgan,
Qanoti ming bitta yara farishtam...!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!