❤️ Sevgi haqida sherlar

Seni koʻrsam guldek ochilar koʻnglim

3.7K marta oʻqildi
Seni koʻrsam guldek ochilar koʻnglim
Seni koʻrsam guldek ochilar koʻnglim,
Bir nafas yurakka begonadir gʻam.
Sen yonimda boʻlsang qalbimda bahor,
Sensiz tor koʻrinur bu yorug' olam.

Izlaringdan boʻlib yurarman mudom,
Qora koʻzlar ichra koʻzing topmadim.
Shirin soʻzlar ichra eshitmay kalom,
Yana bir shirin soʻz topmadim.

Ayt seni qalbimdan qanday sovutay,
Boshimni qay togʻu toshlarga uray.
Kuygan bu yurakni ne deb ovutay,
Sen meni jonimsan, ayt kimga aytay.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!