🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Bir kun men uchun yasha

3.8K marta oʻqildi
Bir kun men uchun yasha
Sogʻinch qiynar tobora
Koʻnglim senla ovora
Holim soʻrab bir bora
Bir kun men uchun yasha
Dardim toʻla bir olam
Yigʻlar dildagi nolam
Koʻzda sogʻinchli jolam
Bir kun men uchun yasha
Koʻzim tikib samoga
Sigʻmay qoldim dunyoga
Ishongim yoʻq ruyoga
Bir kun men uchun yasha
Gʻurbatda qoldim dilim
Yoʻqotdim seni gulim
Bizni ajratdi oʻlim
Bir kun men uchun yasha
Figonlarim tigʻlaydi
Pushaymon dil qiynaydi
Oshik Dilbek yigʻlaydi
Bir kun men uchun yasha
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!