✍️ Sherlar

Kelinchakka aytib qoʻying yigʻlamasin

4K marta oʻqildi
Kelinchakka aytib qoʻying yigʻlamasin
Armon oti orzulardan oʻzib ketti,
Hijronlari yor bagʻrini tigʻlamasin.
Hayollari har tomonga toʻzib ketti,
Kelinchakka aytib qoʻying yigʻlamasin.

Men yigʻladim netay bagʻri dilim hunda,
Koʻngil uzib ketolmadim koʻngil unda,
Bahtlar tilab barcha shodon boʻlgan kunda,
Kelinchakka aytib qoʻying yigʻlamasin.

Yigʻlab-yigʻlab chertdim koʻnglimdagi torni,
Kechirsinlar menday ojiz menday horni.
Orzumidi yot yonida koʻrmoq yorni,
Kelinchakka aytib qoʻying yiglamasin.

Borolmayman oʻzga oshiq yor yonida,
Visoliga diydoriga zor yonida.
Chidolmayman yorim tursa yot yonida,
Kelinchakka aytib qoʻying yigʻlamasin.

Oshiq ahli yigʻlar koʻnglim nidosiga,
Bardoshim yoʻq yor - yorlarin sadosiga.
Kuyinmasinlar men oshiqu gadosiga,

Kelinchakka aytib qoʻying yiglamasin.
Koʻz yoshlari yurak bagʻrim tigʻlamasin.
Kelinchakka aytib qoʻying yiglamasin.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!