✍️ Sherlar

Bari bir azizsan, roʻmolli ayol

3K marta oʻqildi
Bari bir azizsan, roʻmolli ayol
Koʻrsatarlar seni koʻp aybdor qilib,
Qadringni er qilib, hoʻp abgor qilib,
Barchaga yomonlab, koʻp bezor qilib,
El ichra topmagan omonlik, ayol,
Bari bir azizsan, roʻmolli ayol!

Ketasan dunyoga sigʻmay baʼzida,
Sof xayo timsoli sensan, aslida,
Yomon dedilar, lek, Xaqning nazdida,
Iymon-la muzayyan, jamolli ayol,
Bari bir azizsan, roʻmolli ayol!

Doimo sen magʻrur tutgin boshingni,
Egilmay qoʻlga ol, bor bardoshingni,
Kutgin, chiqmish albat baht quyoshingni,
Maxshar savobi moʻl hirmonli ayol,
Bari bir azizsan, roʻmolli ayol!

Nokaslar dastidan olding yomon nom,
Koʻrsalar mensimay, berurlar dashnom,
Xaq yoʻlinda faqat, boʻlgin bardavom,
Roʻzi Qiyomat bearmonli ayol,
Bari bir azizsan, roʻmolli ayol!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!