✍️ Sherlar

Mexr kutib kimdandir

2.7K marta oʻqildi
Mexr kutib kimdandir
Ichim toʻla dardu gʻam,
Aytolmayman xech kimga.
Nafas olsam sanchilar,
Xar yutganda koʻksimga.
Koʻnglim ozib ogʻrinar,
Dil bezovta nedandir.
Jovdiraydi xar yonga,
Mexr kutib kimdandir.

Ich-etimni yemoqda,
Ichimdagi gʻalayon.
Portlamaydi, chiqmaydi,
Tipirchilar chalajon.
Gunoxim koʻp naxotki,
Nochorligim shundandir.
Koʻzim izlar doimo,
Mexr kutib kimdandir.

Talpinaman choʻqqiga,
Oyogʻimga tosh osgan.
Yiqilishim kutibla,
Qozonlarga osh osgan.
Bedorligim tundan-u,
Bemorligim kundandir.
To kaygacha yashayman,
Mexr kutib kimdandir!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!