Dunyo menga bahtni qimmat sotmoqda

Umidlar soʻndilar, orzular majruh.
Bahtim quyosh kabi ufqqa botmoqda.
Yolgʻon dunyosida arzonmi sevgi???.
Dunyo menga bahtni qimmat sotmoqda.
Quchganim armonning toshdek boʻlishi.
Jonimni qiymalar yurak nolishi.
Bu darddan gumondir omon qolishim.
Dunyo menga bahtni qimmat sotmoqda.
Birov yigʻlarmidi baht koʻrmay oʻlsam.
Bir bora bahtlidek jilmayib kulsam.
Toʻlovga hunim yoʻq bechora boʻlsam.
Dunyo menga bahtni qimmat sotmoqda.
Uchardim qanotim boʻlsa osmonga.
Bahtlar qolib ketgan olis zamonga.
Jonimni baholab juda arzonga.
Dunyo menga bahtni qimmat sotmoqda.
Bahtim quyosh kabi ufqqa botmoqda.
Yolgʻon dunyosida arzonmi sevgi???.
Dunyo menga bahtni qimmat sotmoqda.
Quchganim armonning toshdek boʻlishi.
Jonimni qiymalar yurak nolishi.
Bu darddan gumondir omon qolishim.
Dunyo menga bahtni qimmat sotmoqda.
Birov yigʻlarmidi baht koʻrmay oʻlsam.
Bir bora bahtlidek jilmayib kulsam.
Toʻlovga hunim yoʻq bechora boʻlsam.
Dunyo menga bahtni qimmat sotmoqda.
Uchardim qanotim boʻlsa osmonga.
Bahtlar qolib ketgan olis zamonga.
Jonimni baholab juda arzonga.
Dunyo menga bahtni qimmat sotmoqda.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!