Xaqligimdan jim boʻlay mayli

Xaqligimdan jim boʻlay mayli,
Tushunmaysiz, yuritmayman baxs.
Inson boʻldim iymon tufayli,
Oʻz oʻrnidan siljimasin nafs.
Jar solasiz, men pokman deya,
Ming bor afsus, yuraklar chaltoq.
Men yuzimga surtaman kuya,
Siz mayliga koʻrining oppoq.
Shayton zaxar qoʻshmoqda hunga,
Sizga taskin botil xikoya.
Bu dunyoni egallang, menga,
Sajdaga joy qolsa kifoya.
Ohiratni qoʻmsab yashayman,
Orzum osmon, suyganim tuproq.
Qanotimni uzib tashlayman,
Siz mayliga uching balandroq.
Shisha misol darz ketdi sabrim,
Jonga tegdi pul uchun poyga.
Gʻashingizga tegmasin qabrim,
Mayli meni koʻmishsin oyga.
Garchi dunyo goʻzal va bashang,
Jondan ortiq suygan kishim yoʻq.
Siz xammadan uzoqroq yashang,
Dunyo bilan aslo ishim yoʻq.
Ayting nega qilasiz xasad?
Bizga iymon aylabdi nasib.
"Qotil Ilxom" deya yozib hat,
Oʻzingizni qoʻymangda osib.
Tushunmaysiz, yuritmayman baxs.
Inson boʻldim iymon tufayli,
Oʻz oʻrnidan siljimasin nafs.
Jar solasiz, men pokman deya,
Ming bor afsus, yuraklar chaltoq.
Men yuzimga surtaman kuya,
Siz mayliga koʻrining oppoq.
Shayton zaxar qoʻshmoqda hunga,
Sizga taskin botil xikoya.
Bu dunyoni egallang, menga,
Sajdaga joy qolsa kifoya.
Ohiratni qoʻmsab yashayman,
Orzum osmon, suyganim tuproq.
Qanotimni uzib tashlayman,
Siz mayliga uching balandroq.
Shisha misol darz ketdi sabrim,
Jonga tegdi pul uchun poyga.
Gʻashingizga tegmasin qabrim,
Mayli meni koʻmishsin oyga.
Garchi dunyo goʻzal va bashang,
Jondan ortiq suygan kishim yoʻq.
Siz xammadan uzoqroq yashang,
Dunyo bilan aslo ishim yoʻq.
Ayting nega qilasiz xasad?
Bizga iymon aylabdi nasib.
"Qotil Ilxom" deya yozib hat,
Oʻzingizni qoʻymangda osib.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!