✍️ Sherlar

Xijob taqqan qiz

1 daqiqa 15.1K marta oʻqildi
Xijob taqqan qiz
Islom dini senga oʻyin boʻldimi?
Yo jannatdan joying tayin boʻldimi?
Besh vaqt namoz shuncha qiyin boʻldimi?
Faqat "moda" uchun "xijob taqqan" qiz.

Ablax odam-oʻlja, iblisdir-ovchi.
Allox bandalarni bir-bir sinovchi.
Oʻranding sen faqat kelsin deb sovchi,
Erga tegmoq uchun "xijob taqqan" qiz.

Chalamullalikni ayt oʻrgatdi kim?
Ham xijob, ham kiyding tarsillatib shim.
Nechun sen bunchalar horlading dinim?
Faqat chiroy uchun "xijob taqqan" qiz.

Namoz payti desam iloj yoʻq deding,
Na bir istarang bor, na bir bor fayzing.
Uch yuz oltmish besh kun emasdir hayzing?
Bahonasi bisyor "xijob taqqan" qiz.

Namoz payti bogʻda aytginchi menga?
Olifta yigit-la nima bor senga?
Naxotki olmaysan nafsingni enga?
Hoʻjakoʻrsin uchun "xijob taqqan" qiz.

Befarqsan bomdodu peshin, asringga,
Yahshi qizlar qolgan sening kasringga.
Ming laʼnatlar boʻlsin oʻshal husningga,
Dinni niqob qilib "xijob taqqan" qiz.

Zamon koʻtarganda urib ming qamchi
Dodingni berardim koʻzboʻyamachi!
Sening liboslaring goʻzaldir garchi,
Sen emas din uchun "xijob taqqan" qiz.

Aldashni eplarsiz balki bu halqni,
Ammo aldolmaysiz hech qachon Haqni!
Yo men yolgʻonchimi yo men nohaqmi?
Faqat riyo uchun "hijob taqqan" qiz.

Ibodat qilguvchi xijobli qizlar,
Bu sheʼrni koʻngilga olmangiz sizlar.
Gap egasin topar bu yurak sezar,
Hordir firib uchun "hijob taqqan" qiz.

Bilib qoʻy sensiz ham bu din hor emas,
Sohta hijobingga Alloh zor emas.
Haq rizosin qidir, bogʻdan yor emas
Hulosa qil oʻzing "hijob taqqan" qiz.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!