Seni sevganlarim yodinga tushsin

Kimnidir sogʻinib yolgʻiz qolganingda,
Seni sevganlarim yodinga tushsin.
Qismating oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yodinga tushsin.
Sendan baxtlar yuzin bursa yigʻlama,
Yuraging alamga toʻlsa yigʻlama.
Hayotdan umiding soʻnsa yigʻlama,
Meni aytganlarim yodinga tushsin.
Suyganing yuz burib vafo qilmasa,
Bitta shirin soʻzin ravo koʻrmasa.
Vaʼdalar bersa-yu, ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodinga tushsin.
Qalbingni dardini aritolmasang,
Umringni bir kunin yoritolmasang.
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodinga tushsin.
Koʻz oldingda yoring xiyonat qilsa,
Sen koʻz yosh toʻksang-u, u beparvo kulsa.
Atayin yoningda oʻzgani quchsa,
Meni koʻrganlarim yodinga tushsin.
Mayli men roziman eslamasang ham,
Sen qaydasan deb izlamasang ham.
Kimgadir bu haqida soʻzlamasang ham,
Seni sevganlarim yodinga tushsin...!
Seni sevganlarim yodinga tushsin.
Qismating oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yodinga tushsin.
Sendan baxtlar yuzin bursa yigʻlama,
Yuraging alamga toʻlsa yigʻlama.
Hayotdan umiding soʻnsa yigʻlama,
Meni aytganlarim yodinga tushsin.
Suyganing yuz burib vafo qilmasa,
Bitta shirin soʻzin ravo koʻrmasa.
Vaʼdalar bersa-yu, ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodinga tushsin.
Qalbingni dardini aritolmasang,
Umringni bir kunin yoritolmasang.
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodinga tushsin.
Koʻz oldingda yoring xiyonat qilsa,
Sen koʻz yosh toʻksang-u, u beparvo kulsa.
Atayin yoningda oʻzgani quchsa,
Meni koʻrganlarim yodinga tushsin.
Mayli men roziman eslamasang ham,
Sen qaydasan deb izlamasang ham.
Kimgadir bu haqida soʻzlamasang ham,
Seni sevganlarim yodinga tushsin...!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!