🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Men kutmayman va Sen kelmaysan

2.6K marta oʻqildi
Goh tushimga kirib tergaysan
Deysan ;
« Naxot meni sevmaysan »
Axir bizlar kelishgan edik
Men kutmayman va sen kelmaysan...

Sevgisiz biz murdamiz dedik
Yo men oʻlmam yo sen oʻlmaysan
Boʻyin egmoq xaqiqiy oʻlim
Men kutmayman va sen kelmaysan ...

Qalbda soʻngan ishq chiroqdan soʻng
Dilni yoqqan ul firoqdan soʻng
Soʻngi habar qoʻngʻiroqdan soʻng
Men kutmayman va sen kelmaysan ...

Dard tiqilib toʻlsa ham qurum
Kim sabrli shunisi muxum
Bizga bizsiz yashamoq xukum
Men kutmayman va sen kelmaysan ...

Dildan quvonch qururimiz bor
Sevgisiz ham sururimiz bor
Axir bizni gʻururimiz bor
Men kutmayman va sen kelmaysan ...

Sen kutarding men borar edim
Ishq kuyida ox yonar edim.
Va sen koʻnding men shunday dedim
Men kutmayman va sen kelmaysan ...

Kim xoxladi kim xoxlamadi
Taqdir dilga dil bogʻlamadi
Bu ish, ishqni xech oqlamadi
Men kutmayman va sen kelmaysan ...

Afsus qimmat vaxt zoya boʻldi
Bu bir katta hikoya boʻladi
Achinarli nixoya boʻldi
Men kutmayman va sen kelmaysan ...

Axir bizlar kelishgan edik
Men kutmayman va sen kelmaysan ...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sogʻinch haqida sherlar

Sogindim visolim

15-iyun, 20182.6K
Sogʻinch haqida sherlar

Unut dema...

12-iyun, 20182.8K
Sogʻinch haqida sherlar

Sogʻinchlar qalbimga berdiku azob

12-iyun, 20182.5K
Sogʻinch haqida sherlar

Ashaddiy yurakni koʻrmasang boʻldi.

11-iyun, 20182.3K
Sogʻinch haqida sherlar

Nechun kelmading…???

11-iyun, 20182.2K
Sogʻinch haqida sherlar

Sensizlikka oʻrganib qoldim

11-iyun, 20183.5K