Oʻzbek qizini

Zilol suvdek tiniq qalbi bor uni, Sirli nigohida sehri bor uni, Sevdingmi ey yigit bilib ol shuni, Sevdim deb aldama oʻzbek qizini.
Mehr-u vafosidan taralar ziyo, Ibo xayosidan lol qolar dunyo, Kerak boʻlsa joning qilgin sen fido, Sevdim deb aldama oʻzbek qizini.
Sevadi sevishin aytmay yursa ham, Kutadi doimo sen kutmasang ham, Seni deb koʻzlari hech boʻlmasin nam, Sevdim deb aldama oʻzbek qizini.
Mehringdan ortiqroq narsa kerakmas, Qadriga yeta bil har on har nafas, Mard yigit qizlarni zinxor aldamas, Sevdim deb aldama oʻzbek qizini!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!