Ayolni hoʻrlamang, ayol-bu ona

Ayolni ranjitmang, ayolni soʻkmang,
Bexuda qiynamang, koʻz yoshin toʻkmang,
Ayolsiz koshonalar goʻyo vayrona,
Ayolni hoʻrlamang, ayol-bu ona!
Ayolni izzatu nafsiga tegmang,
Toki erkaklardan qolmasin koʻngil,
Nomusin toptamang, boshini egmang,
Ayol opamizdir, ayol- bu singil!
Gaplarimiz botib pichoq tigʻidek,
Qalbida qolmasin dogʻu izimiz,
Ayolni asraylik koʻz qorachigʻidek,
Ayol kelinimiz, ayol qizimiz.
Ayolni asraylik qadriga etib,
Ayol yorimizdir, vafodorimiz,
Ayol onamizdir, mehribonimiz,
Ayol nomusimiz, ayol orimiz.
Bexuda qiynamang, koʻz yoshin toʻkmang,
Ayolsiz koshonalar goʻyo vayrona,
Ayolni hoʻrlamang, ayol-bu ona!
Ayolni izzatu nafsiga tegmang,
Toki erkaklardan qolmasin koʻngil,
Nomusin toptamang, boshini egmang,
Ayol opamizdir, ayol- bu singil!
Gaplarimiz botib pichoq tigʻidek,
Qalbida qolmasin dogʻu izimiz,
Ayolni asraylik koʻz qorachigʻidek,
Ayol kelinimiz, ayol qizimiz.
Ayolni asraylik qadriga etib,
Ayol yorimizdir, vafodorimiz,
Ayol onamizdir, mehribonimiz,
Ayol nomusimiz, ayol orimiz.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!