✍️ Sherlar

Bahtdan boshqasiga koʻnmayman sira

3.1K marta oʻqildi
Bahtdan boshqasiga koʻnmayman sira
Garchi ertam nursiz, oʻtmishim hira,
Meni kimligimni taqdirdan soʻra,
Mol-davlat menga oddiy yoʻlkira,
Bahtdan boshqasiga koʻnmayman sira!

Koʻnglim eritolmas oshiqona is,
Mayli, boʻlsa xamki qanchalar nafis,
Bir pulga qimmatdir, shoirona xis,
Bahtdan boshqasiga koʻnmayman sira!

Bir kun yashasam xam, shuni soʻrayman,
Ming yil yashasam xam, shuni soʻrayman,
Aldovlaring qursin, "oʻzim oʻlay man",
Bahtdan boshqasiga koʻnmayman sira!

Bagʻrim quchsa faqat bahtni deb quchar,
Tongu-tun tilimdan bitta soʻz uchar,
Xa, shunday oʻjarman, men shundayin oʻjar,
Bahtdan boshqasiga koʻnmayman sira!

Ayt, qandoq soʻrayin, suyib, erkalab,
Yo qachon turayin, shomda, ertalab,
Shunday jaranglaydi yurakdan talab,
Bahtdan boshqasiga koʻnmayman, sira!

Yana qancha kutay, yuz yilmu, koʻproq?
Nahot, baht degani shunchalar yirok?
Neki bergan boʻlsang, ming shukr, biroq,
Bahtdan boshqasiga koʻnmayman sira!

Toatlarda oʻtsin yozu-qishimiz,
Toqatlarda oʻtsin gʻam-tashvishimiz,
Biz bitta emasmiz, ikki kishimiz,
Bahtdan boshkasiga koʻnmaymiz sira...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!