🌙 Tush tabiri

Tushda homiladorlikni koʻrish - ayol yoki erkak homilador boʻlsa, taʼbiri qanday

2 daqiqa 39.7K marta oʻqildi
Tushda homiladorlikni koʻrish - ayol yoki erkak homilador boʻlsa, taʼbiri qanday
Ayol kishi tushda homiladorligini koʻrsa, bu turmush oʻrtogʻi bilan baxtli boʻlmasligi ehtimolini anglatadi. Bokira qiz uchun bunday tush boshqalar oldida izza boʻlishi mumkinligidan ogohlantirishdir. Agar ayol chindan ham homilador boʻlsa, unda bunday tush uning farzandi muvaffaqqiyatli tarzda dunyoga kelishi va tugʻruqlardan soʻng tezda tiklanib olishini vaʼda qiladi. Umuman olganda, homiladorlik – hayotda qiziqarli burilishlar sodir boʻlishi mumkinligidan soʻzlaydi.

TUSHDA HOMILADOR BOʻLISH: SVETKOV BOʻYICHA
Qizlar uchun tushda homiladorlik aldov, ayollar uchun magʻrurlik, hursandchilik, erkak kishi uchun yangi rejalarga.
Tushda homilador ayolni koʻrish – muammolarga;
Qiz bola oʻzini homilador boʻlib qolganini koʻrsa – quvnoq hayot;
Erkak kishi turmush oʻrtogʻi oʻgʻil bolaga homilador boʻlganini koʻrsa – yaqin orada daromad kelishi, qiz boʻlsa – kutilmagan baxtli voqea.
Ayol kishi tushida chaqaloqqa qarayotganini koʻrsa – u eng ishonadigan odami tomonidan aldanishi mumkinligi.
Homilador ayol chaqaloq koʻrsa – tugʻruq yengil va oson oʻtishi, bola esa sogʻlom boʻlishidan.
TUSHDA HOMILADORLIK KOʻRSA: LOFF TUSH KITOBIGA KOʻRA
Homiladorlik kishining tushlariga ikki asosiy yoʻl bilan kiradi. Birinchisi, homiladorlik davrida kishi oʻzi haqida tush koʻrishi, ikkinchisi – haqiqiy homiladorlik “turtki boʻluvchi hodisa” boʻlishi va uning oʻziga xos mazmuni mavjudligi.

Tushda har qanday inson homilador boʻlishi mumkin: bu imkoniyat jins yoki yosh chegaralari bilan cheklanmaydi. Umuman olganda, homiladorlik ijodkorlik, jinsiy yetuklik yoki boylikning ramzi boʻlib xizmat qiladi, ammo qoʻshimcha talqinni talab qiladigan koʻplab vaziyatlar mavjud.

Agar tush koʻurvhi homilador boʻlishni orzu qiladigan va ayni paytda homilador boʻlishni rejalashtirmayotgan yosh ayol boʻlsa, bunday tush yaqin orada ayolning dunyoqarashi oʻzgarishi mumkinligini koʻrsatadi.

Agar ayol jinsiy hayot kechirsa, lekin homilador boʻlish niyatida boʻlmasa, bunday tush menstrual siklning uygʻun davom etishi boʻlishi mumkin. Koʻpincha bunday tushdan soʻng shubhalar uygʻona boshlaydi.

Erkak kishi tushda oʻzini homilador ekanligini koʻrishi – hozirda u jinsiy muammolarga duch kelganligi yoki nasl qoldirish shubhali boʻlganida kuzatiladi. Bunday shubha hozirda erkak oʻzining qobiliyatlaridan xohlaganidek darajada qoniqmasligi natijasida uygʻonadi. Tush esa oʻziga xos kompensatsiya boʻlib, shaxsning boshqa qirralari ham mavjudligiga ishora boʻladi.

FREYD TALQINI: HOMILADORLIK
Chaqaloq – umid, kelajak ramzidir. Agar ayol kishi tushida homiladorligini koʻradigan boʻlsa, demak haqiqiy hayotda bu voqea oʻzini uzoq kutdirmaydi. Erkak kishi uchun bunday tushlar uning farzandli boʻlish istagini aks ettiradi.

TUSHDA TUGʻRUQ KOʻRISH
Tugʻilish – dunyodagi barcha madaniyatlarda ritual ahamiyatga ega boʻlgan muqaddas voqeadir. Tushda bunday voqelikka boshqa narsalar ham ishora qilishi mumkin. Eng ahamiyatlilari bu suv va ummondir. Masalan, oʻzlarining yoki boshqa kimningdir homiladorligi haqida taxmin qiladigan koʻplab ayollar tushiga suv kiradi.

Ayurveda tush kitobida agar turmushga chiqmagan qiz bola tuqqanini koʻrsa, bu qiz atrofdagilar nazarida axloqsiz koʻrinishini anglatishi mumkin. Turmushga chiqqan homilador ayol chaqaloq koʻrsa, uchun bunday tush baxtiyor kunlarni vaʼda qiladi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!