🌙 Tush tabiri

Tushda tovuq koʻrish - goʻshti yoki tuxumini koʻrsa, uchsa taʼbiri qanday

3 daqiqa 26.3K marta oʻqildi
Tushda tovuq koʻrish - goʻshti yoki tuxumini koʻrsa, uchsa taʼbiri qanday
Tovuq – oʻtroq parranda, koʻplab tuxum qoʻyishi va uzluksiz ancha vaqt ovoz chiqarish qobiliyati bilan taniqli. Tushda koʻrilgan obraz sizning uy xoʻjaligi va oila davrangizga boʻlgan munosabatingizni aks ettirishi mumkin. Bundan tashqari, tush taʼbiri tovuqqa hamrohlik qilgan obrazlardan kelib chiqib talqin qilinadi.

Tushda tovuq goʻshtini koʻrish – kutilmaganda uzoq qarindoshlardan biri mehmonga kelishi, yangi tanishlar orttirish yoki toʻsatdan daromadga ishora.
Qora tovuq – qarindoshlar bilan urishib qolish, agar ular koʻp boʻlsa – tortishuv uzoq muddatga choʻziladi va oʻrtaga katta miqdorda pul aralashishi mumkin.
Agar tovuq quvnoq boʻlsa, unga oziqa bersangiz – kutilgan mehmon kelishi yoki hamkasblar orasida obroʻning yana bir pogʻonaga balandlashi.
TUSHDA TOVUQ KOʻRSA: PSIXOLOGIK TALQIN
Don qidirib yurgan tovuqlar galasi – oʻz aybingizga koʻra iqtisodiy muammolarni boshdan kechirayotganligingiz. Agar bu muammoni bartaraf etmasangiz, uning oqibatlari oila aʼzolaringiz hayotiga taʼsir qilishi mumkin.
Agar tushda tovuq ekinlarni poymol qilgan boʻlsa, bolalaringizning xatti-harakatiga eʼtibor bering. Ehtimol, ular oʻzlariga va sizga zarar keltiradigan darajada ehtiyotsizlik qilayotgan boʻlishlari mumkin.
Agar ayol tushida atrofida joʻjalari yurgan tovuqni koʻrsa, u bir nechta farzandi bilan beva boʻlib qolishidan ehtiyot boʻlishi kerak.
Yolgʻiz kishilar tushida gril tovuq koʻrsa, aksincha, u tez orada oʻziga loyiq juftini uchratadi.
Agar siz yoqtirgan kishi sizga allanima deyotgan boʻlsayu, siz uni tovuqning ovozi kabi eshitsangiz, gʻiybatlar tufayli bigalikdagi hayotingiz xavf ostida qoladi.
BOLALAR TUSH KITOBIDA
Tushda toʻsatdan tovuq yoki xoʻroz korish – odatda bu biron ayol qarindoshingizni ifodalaydi. Tovuqning hozirgi holati – qarindoshingizni sizga boʻlgan munosabatidir. Agar u gʻamgin koʻrinsa, demak ayb kimda boʻlishidan qatʼiy nazar yarishishga va kek saqlamaslikka harakat qilish kerak. Boshqa hollarda tovuqning nima qilganligini yodga olish taʼbiriy maʼno saqlaydi:

Agar tovuq tinch holatda don choʻqib yurga boʻlsa, demak, tush koʻruvchida barchasi havas qilgudek darjada.
Agar u xavotirlanib, ovoz chiqarib, qanotlarini qoqadigan boʻlsa, demak holatingiz tashvishli. Ehtimol kichik noxushliklar, masalan yengil kasallikni boshdan kechirish mumkin.
TUSHDA TOVUQ KOʻRISH TAʼBIRI: MILLER BOʻYICHA
Tushga hovlida qalin qilib yoyilgan pullar aro don izlayotgan tovuqlar kirsa – eʼtiborsizlik tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxush hodisadan ogoh boʻlish kerak. Asosiy ishlarga eʼtibor berishga harakat qiling va hammasi oʻz joyida boʻladi.

Uzoq vaqt davomida bir joyda gʻayritabiiy holatda oʻtirgan tovuq – yaqinda sizga boshqalarning yordami kerak boʻlishi mumkinligiga darak. Shu sababli imkon borida boshqalarning iltimoslarini beeʼtibor qoldirmaslik tavsiya etiladi. Biroq hammaga ham emas. Shunday yordam qilingki, ertangi kunda uning taqdiriga aralashganligingizdan pushaymoq qilmang.

XXI ASR TUSH KITOBI: TOVUQ
Katta va chiroyli tovuq – muhabbatda muvaffaqqiyatga.
Boshsiz tovuqni koʻrsa – ogʻir mehnatga.
Tushda tovuq boqish – sovgʻa olish, mehrli munosabatga, mehribon inson bilan uchrashishga.
Agar u tuxum qoʻysa – baxtli hodisaga.
Xoʻrozning qichqirishi – ehtiyot boʻlish kerakligiga.
Bir tovuqning patlarini yulish – muammoga.
Tovuq quvlasa – oilaviy hayotda nizolarga.
Xoʻrozlar urush qilayotganligi – eski qadrdonlar bilan urushib qolishga.
Osoqlanib yursa – xushxabar eshitishga.
Tushda tilla tovuq koʻrish – hodisalarning baxtli yakun topishiga.
Qora tovuqni – dushmanlar bilan toʻqnash kelishga.
Oq tovuq – biznesda muvaffaqqiyat qozonishga.
Agar u juda kichik boʻlsa – qoʻrqoqlik, bitta qarorga kela olmaslik, bir qarashda yutuqli deb hisoblangan ishning befoyda boʻlib chiqishiga.
Xom tovuq goʻshti – shu kun yomgʻir yogʻishi yoki kir yuvishga.
Hovlida aylanib yurgan boʻlsa – yaqin orada mehmon kelishi kutilmoqda va biroz tashvish qilishga toʻgʻri keladi.
Katakda boʻlsa – katta ovoragarchilikka.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!