💔 Ayriliq haqida sherlar

Sevmang meni

2.3K marta oʻqildi
Sevmang meni
Men sizni sevaman desam ishonmang
Sizdan oldin boshqaga koʻngil berdim rost
Men sizni sevaman desam sevilmang
Armonli dunyoda baxtiyor yashang

Atirgul tutaman qoʻlimdan olmang
Olsangiz bir kuni aldab ketaman
Koʻngil ochganimda rozilik bermang
Yaxshi bola emasman tashlab ketaman

Goʻyoki tushlarga koʻmilasiz
Orzu havaslarga berilasiz
Balki kelajakni ertak qilarsiz
Biling men dunyoda yolgʻon yashayman

Koʻnglingiz olaman baxtga toʻlganda
Baxtiyor qilaman quyosh botganda
Yigʻlab uygʻonarsiz quyosh otganda
Afsus yoningizda boʻlmayman unda

Bahor oʻtgach keyin bahor keladi
Sizning gullaringgiz arzon boʻladi
Taqdir ustinggizdan rosa kuladi
Shularga koʻnikib yasholasizmi

Xazonga burkayman orzularizni
Gohida yuvaman qaygʻularizni
Daryo qilaman koʻz yoshlarizni
Shularga jim qarab sevolasizmi
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!