💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Siz sevgan shirinliklar qanday paydo boʻlgan

2 daqiqa 4.6K marta oʻqildi
Siz sevgan shirinliklar qanday paydo boʻlgan
Shirinliklarni hush koʻrmaydigan inson boʻlmasa kerak. Bugun koʻpchilik sevib isteʼmol qiladigan desertlarning yaralish tarihiga toʻhtalamiz.

MAKARON
Tuhum oqi, shakar va bodom unidan tayyorlanadigan mazkur shirinlik, baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, Italiyada uygʻonish davrida , boshqa maʼlumotlarga koʻra esa, Franciyada, XVI asrda Ekaterina Medichi tomonidan Apennin yarim orolidan keltirilgach paydo boʻlgan.Nima boʻlganda xam, avval boshda mazkur shirinlik oʻrtasida krem yoki murabbo bilan yopishtirlmagan, oddiy pechenʼe koʻrinishida boʻlgan. Xozirgi kunga kelib qandolatchilar bor fantaziyalarini ishga solib, turfa hil krem va qiyomlar bilan toʻldirmoqdalar.

Siz sevgan shirinliklar qanday paydo boʻlgan
EKLER
Desert XIX asr boshida oshpaz Mari-Antuan Karem sharofati bilan dunyoga kelgan. Xozirgi kunda barchaga tanish boʻlgan qaynatilgan hamirdan tayyorlanadigan shirinlikni aynan u oʻylab topgan. Shirinlik francuz amaldorlari tomonidan juda sevib isteʼmol qilingan va yashin tezligida yeb qoʻyilgan. Aynan shuning uchun unga «ekler» nomi berilgan boʻlib, bu soʻz francuzchadan chaqmoq maʼnosini anglatadi. Qiziqarli tomoni, mukammal eklerning uzunligi 14sm boʻlib, uning kremi xam hamiri singari qaynatilgan boʻlishi kerak.

Siz sevgan shirinliklar qanday paydo boʻlgan
TIRAMISU
Garchi italiyaliklar mazkur shirinlik XVII asrda shirinliksevar Kozimo III Medichining Siennaga tashrifi sharafiga yaratilganligini iddao qilsalarda, aslida tiramisu 1960-1970 yillarda qanolatchilarning tajribasi natijasida paydo boʻlgan. Kaloriyaga boy va tarkibida qaxva boʻlgan shirinlik, italyanchadan tarjima qilganda «meni tetiklashtir» degan maʼnoni anglatadi.

Siz sevgan shirinliklar qanday paydo boʻlgan
BEZE
Beze (yoki merenga) tayyorlanishi juda xam sodda boʻlgan shirinliklardan xisoblanadi. Uning paydo boʻlishiga doir ikki hil afsona mavjud. Biriga koʻra: uni Shveycariyadagi Mayringen shaxrida yashagan qandolatchi tayyorlagan, merenga nomining kelib chiqish sababi xam shu, ikkinchi xikoyaga ishonadigan boʻlsak, bezening vatani Franciya boʻlib, francuzcha baiser (boʻsa) soʻzidan kelib chiqqan. Aynan mazkur davlatda ushbu shirinlikning biz uchun odatiy boʻlgan tayyorlanish usuli Fransua Massialning XVII asrda chop etilgan oshpazlik kitobida qayd etilgan.

Siz sevgan shirinliklar qanday paydo boʻlgan
SHOKOLAD PLITKASI
Mayya xindulari va acteklar uzoq vaqt davomida qovurilgan va yanchilgan kakao doniga suv aralashtirib tayyorlangan yaxna ichimlik isteʼmol qilishgan. U tahir va juda ozuqaviy boʻlgan. Mustamlakachilar bu ichimlikni Evropaga olib kelib, uni shirin qildilar. XIX asr boshlarida gollandiyalik Konrad van Guten kakao moyi ishlab chiqarish tehnologiyasini patentladi, shu asr ohirida esa quruq sut qoʻshib, sutli shokolad plitkalari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Siz sevgan shirinliklar qanday paydo boʻlgan
CHIZKEYK
Agar mazkur shirinlik paydo boʻlganiga koʻp boʻlmagan deb oʻylasangiz, adashasiz. Qadimiy Misrni chizkeykning vatani desak xam boʻladi. Aynan oʻsha erda ilk marotaba tvorogli pirog tilga olingan. U davrlarda maʼlumotlarga koʻra, ozuqaviy qiymati yuqori boʻlgan shirinlik sportchilar tomonidan isteʼmol qilingan. Keyinchalik Rim, soʻngra Angliyaga etib borgan shirinlik, aynan Amerika Qoʻshma Shtatlarida katta mashxurlikka erishgan. Amerikda mazkur desert qaxvahonalar taomnomasining ajralmas qismiga aylangan.

Siz sevgan shirinliklar qanday paydo boʻlgan
PUDING
Ingliz oshhonasining asl timsoli boʻlgan puding ilk boshda shirinlik boʻlmagan va goʻsht va quruq mevalardan tayyorlangan. Uning mazkur koʻrinishi XVIII – XIX asrlargacha saqlanib kelgan. Keyinchalik unga yongʻoqdan tortib, shakargacha, Britaniya saltanatining xar burchagidan keltirilgan turli masalliqlar qoʻshila boshlagan. Shu sababli u mamlakat qudrati timsoli xisoblangan.

Siz sevgan shirinliklar qanday paydo boʻlgan
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

BILASIZMI?
Qiziqarli maʼlumotlar

BILASIZMI?

27-aprel, 20192.4K