🕊️ Sogʻinch haqida sherlar

Sogʻinching bagʻrimni tilguvchi xanjar

3K marta oʻqildi
Sogʻinching bagʻrimni tilguvchi xanjar
Sogʻinching bagʻrimni tilguvchi xanjar,
Sensizlik dogʻida yurak xam sanchar,
Ayriliq jonimni ayamay yanchar,
Naxotki armonsan endi sevgilim,

Muxabbat chin boʻlsa yetmasmi kishi,
Yoki bu ayriliq taqdirning ishi,
Tatimay qoldiku xayot yoz qishi,
Naxotki armonsan endi sevgilim,

Orzular oʻrnini azobga berib,
Dildagi tilagim sarobga berib,
Yurardik ishq bogʻin gullarin terib,
Naxotki armonsan endi sevgilim,

Toza xis tuygʻular xavoga uchib,
Koʻngilni tilguvchi tikanlar quchib,
Visol xam buyurmay bizlardan kechib,
Naxotki armonsan endi sevgilim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

SOGʻINCH
Sogʻinch haqida sherlar

SOGʻINCH

9-may, 201910.3K
Sogʻinch haqida sherlar

Tushlaringda meni kutib tur

10-mart, 20192.9K