🎵 Qoʻshiq matnlari

Doston Ubaydullaev - Yana hijron

1.6K marta oʻqildi
Doston Ubaydullaev - Yana hijron
Yana hijron, yana hijron,
Yana hijron…

Ayriliqning chehrasi gulgun,
Toqat ketar qoʻlida tugun. (x2)
Sendan xabar keltirmadi tong,
Visolingdan umid yoʻq bugun. (x2)

Yana hijron, yana hijron,
Yana hijron, oʻsha hijron. (x2)

Kun oʻtadi yana ertaga
Ortar hijron kuni bittaga. (x2)
Shundan boshqa qilar ishi yoʻq,
Shodlanadi tushib oʻrtaga. (x2)

Yana hijron, yana hijron,
Yana hijron, oʻsha hijron. (x2)

Oʻsha meni senga qayraydi,
Qilmishidan oʻzi yayraydi. (x2)
Tongda ketib yana shu tongda
Derazamni chertib qaraydi. (x2)

Yana hijron, yana hijron,
Yana hijron, oʻsha hijron. (x2)

Yana hijron…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!