🎵 Qoʻshiq matnlari

Nilufar Usmonova - Bir kuning baxsh et

1.8K marta oʻqildi
Nilufar Usmonova - Bir kuning baxsh et
Achinmayman seni sevib oʻtgan kunimga,
Achinmayman sen deb bedor boʻlgan tunimga,
Sen meniki boʻlmasang ham qolgan umrimda
Asragayman sevging koʻmib abgor dilimda.
Nima boʻlsa boʻlib erta kun hayotimda,
Sevging uchun yashay bugun muhabbatim-la.
Seni hech kim sevmaganday seva oldim men,
Lek adashgan baxtim boʻlding xiyonating-la!

Buguning baxsh et tonglar otguncha ertaga,
Bir kuning baxsh et kunlar botguncha ertaga,
Jonim, meni sev, nima boʻlsa boʻlib oʻtar,
Yuragimga dardlar solar ertaga.

Sen deb sochilgan mehrim berib ketmasam ham,
Sen deb ochilgan qalbim uzib ketmasam ham,
Sendan oʻzgani yana sevib ketmasam ham,
Taqdiring buyurganga berib ketaman.

Buguning baxsh et tonglar otguncha ertaga,
Bir kuning baxsh et kunlar botguncha ertaga,
Jonim, meni sev, nima boʻlsa boʻlib oʻtar,
Yuragimga dardlar solar ertaga.

Buguning baxsh et tonglar otguncha ertaga,
Bir kuning baxsh et kunlar botguncha ertaga,
Jonim, meni sev, nima boʻlsa boʻlib oʻtar,
Yuragimga dardlar solar ertaga.

Buguning baxsh et tonglar otguncha ertaga,
Bir kuning baxsh et kunlar botguncha ertaga,
Jonim, meni sev, nima boʻlsa boʻlib oʻtar,
Yuragimga dardlar solar ertaga.

Ertaga… Ertaga… Ertaga…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!