🎵 Qoʻshiq matnlari

Zebo feat. Radius 21 - Olib ket

1 daqiqa 1.2K marta oʻqildi
Zebo feat. Radius 21 - Olib ket
Hayron boʻlma nega osmon bugun oʻzgacha,
Qanday ajoyib bugungi yulduzli kecha,
Kirib chiqding tushlarimga, topib oldim seni,
Yoʻqotmagin meni, oʻtinaman sendan.

Koʻzlaring yulduzlar aro meni rom etar,
Qoshlaring oy va tun kabi meni sehrlar,
Yuzlaring silagim kelar, kuylagim kelar,
Sochlaring koʻk bulutlar ichra parvoz etar.

Tongda bosib yoʻllaringga gul toʻkgim kelar,
Tunda bosib yoʻllaringga lab bosgim kelar,
Yonimda boʻlmasang qalbimga qoʻrquv kelar,
Asli toʻymasman senga, ming yillar yetmas.

Xohlasang agarda sen uchun ado boʻlay,
Istasang agarda sen uchun gado boʻlay.
Tilim ojiz, aylanding orzuimga,
Kirib kelding dilimga, olib ketgin tushingga.

Tortib boylab oʻzingga, qoʻlim boylab qoʻlingga,
Bu qorongʻu tushlardan meni olib ket.
Notanish bu koʻzlardan, begona bu yerlardan,
Uyqusiz bu tunlardan meni olib ket.

Doim ushla yoningda, doim tutgil yodingda,
Doim saqla qalbingda meni olib ket.
Ayirmagin oʻzingdan, quloq solgin dilingga,
Sensiz hayot yoʻq menga meni olib ket.

Seni koʻrsam tushlarimda yuragim yashnar,
Sen bilan bogʻliqdir barcha sehrli onlar.
Vujudim parchasin, barchasin topshirdim senga,
Yuragim tutqazdim senga, hayron boʻlding nega?

Ishonmasman koʻzlarimga, quloqlarimga,
Ozodlik berdm, berdim ovoz qalbimga.
Hamrohing boʻlay, vafodoring men boʻlay,
Tongda isming aytib chaqirguvchi yor boʻlay.

Olib ketgin tushlaringga yolgʻiz qoʻyma meni,
Mahkam boyla yuragingga zanjirlagin meni.
Doim oʻyla, yodda tutgin, doim saqla meni,
Oʻtinaman sendan javob qaytar menga.

Koʻzlarim uzolmay boqardim koʻzlaringga,
Soʻzlarim topolmay qarardim yuzlaringga,
Ozodlik berdim, aylanay orzuingga,
Kirib kelay dedingga, olib ketgin tushingga.

Tortib boylab oʻzingga, qoʻlim boylab qoʻlingga,
Bu qorongʻu tushlardan meni olib ket.
Notanish bu koʻzlardan, begona bu yerlardan,
Uyqusiz bu tunlardan meni olib ket.

Doim ushla yoningda, doim tutgil yodingda,
Doim saqla qalbingda meni olib ket.
Ayirmagin oʻzingdan, quloq solgin dilingga,
Sensiz hayot yoʻq menga meni olib ket.

Seni sevaman… seni sevaman…
Seni sevaman… seni sevaman…
Seni sevaman… seni sevaman…
Seni sevaman… seni sevaman…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!