🎵 Qoʻshiq matnlari

Oʻlmas Olloberganov - Lazgi

1 daqiqa 1.9K marta oʻqildi
Oʻlmas Olloberganov - Lazgi
Hay omon-ay omon, omon-ay omon,
Asiram, benavoyam, beqasam, giriftoram,
giriftoram omon.
Umrimda gazmaram guli gulzor sayrina,
Fasli bahor istamaram bulbul oʻlmasa,
Gulzor sayrina naylaram al gul oʻlmasa.
Hey omon…

Hay, gʻaniy dogʻlar, gaʼniy dogʻlar,
Qorli boʻlar, qorsiz boʻlmas.
Yigit boshi eson boʻlsa,
Molli boʻlar, molsiz boʻlmasey, omon-ay, omon.

Qaysi falak burjining mehri puranvorisan,
Qaysi sadaf durjining gavhari, shahvorisan?
Qaysi Xoʻtan ogʻusi, nofai totorisan,
Qaysi chamanzorning lolai gulnorisan?
Soʻyla manga ey sanam,
Kimning goʻzal yorisan?

Olagoʻz boʻy, boʻy, boʻy,
Qoragoʻz boʻy, boʻy,
Olagoʻz gal bari, hay,
Qoragoʻz gal bari.

Qomatingga bandadur bog’ aro sarvi ravon,
Laʼli labing rashkidin gʻuncha erur bagʻri qon.
Chunki chaman sahnida boʻlsa yuzing gulnishon,
Nolasin aylar fuzun bulbuli bexonumon.
Soʻyla manga ey sanam,
Kimning goʻzal yorisan?

Hay, olagoʻz boʻy, boʻy, boʻy,
Qoragoʻz boʻy, boʻy,
Hay, olagoʻz gal bari, ey,
Qoragoʻz gal bari.

Yigʻlatur oshiqlaring laʼli labing xandasi,
Tubii shamshod erur sarvi qadding bandasi.
Husni kamol avjining axtari tobandasi,
Koʻrsa mohi orazing boʻlgusi sharmandasi.
Soʻyla manga ey sanam,
Kimning sevar yorisan?

Olagoʻz boʻy, boʻy, boʻy,
Qoragoʻz boʻy, boʻy,
Olagoʻz gal bari, ey,
Qoragoʻz gal bari.

Bir kecha aylab manga mehru muhabbat ayon,
Hamrohu yoʻldoshsiz barcha ulusdin nihon.
Kulbai ehsonima boʻlsang agar mehmon,
Komili mahzuningga rostini aylab ayon.
Soʻyla manga ey sanam,
Kimning sevar yorisan?

Hay, olagoʻz boʻy, boʻy, boʻy,
Qoragoʻz boʻy, boʻy,
Olagoʻz gal bari, ey,
Qoragoʻz gal bari.

Olagoʻz gal bari, hay,
Olagoʻz gal bari,
Olagoʻz gal bari, hay,
Qoragoʻz gal bari.

Omon-ay…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!