🎵 Qoʻshiq matnlari

Botir Zokirov - Raʼno

2.6K marta oʻqildi
Botir Zokirov - Raʼno
Barnolar ichra barno – Raʼno,
Gulmisan, gulyormisan,
Gulmisan, gulyormisan?
Oshiqqa dildormisan?
Hamma gullardan aʼlo – Raʼno,
Hamma gullardan aʼlo – Raʼno, Raʼno.

Ne, ne yigitlar shaydo – Raʼno,
Bir kulib kalovlatding,
Qalbimni olovlatding, Raʼno.
Xumor koʻzlari shahlo – Raʼno,
Xumor koʻzlari shahlo – Raʼno, Raʼno.

Hayoti toʻla maʼno – Raʼno,
Sinmasin yoshlik oʻti,
Sinmasin yoshlik oʻti,
Koʻchamdan turgin oʻtib,
Baxtingdan baxtim paydo, Raʼno,
Baxtingdan baxtim paydo, Raʼno, Raʼno.

Barnolar ichra barno – Raʼno,
Gulmisan, gulyormisan?
Oshiqqa dildormisan, Raʼno?
Hamma gullardan aʼlo – Raʼno,
Hamma gullardan aʼlo – Raʼno, Raʼno.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!