🎵 Qoʻshiq matnlari

Sherali Joʻrayev - Sanamjon

3.3K marta oʻqildi
Sherali Joʻrayev - Sanamjon
Sochlaringni sariqqa boʻyab nima qilasan,
Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?
Qaro koʻzli sanamjon, oʻzing yaxshi bilasan –
Koʻksimdagi dardimni soʻrab nima qilasan?

Hasrat toʻla soʻzga soʻz ulab nima qilasan,
Oʻzingnida manida qiynab nima qilasan?
Qaro koʻzli sanamjon, oʻzing yaxshi bilasan –
Qayda vafo bormi deb soʻrab nima qilasan?

Daryo suvi oqarmu qor yogʻmasa togʻlargʻa,
Gullar kulib boqarmu san kelmasang bogʻlargʻa?
Qaro koʻzli sanamjon, oʻzing yaxshi bilasan –
Ishqdan boshqa davo yoʻq koʻksimdagi dogʻlargʻa.
Qaro koʻzli sanamjon, oʻzing yaxshi bilasan-ey –
Sendan boshqa davo yoʻq koʻksimdagi dogʻlargʻa.

Sochlaringni sariqqa boʻyab nima qilasan,
Soch ostidan muloyim qarab nima qilasan?
Qaro koʻzli sanamjon, oʻzing yaxshi bilasan –
Koʻksimdagi dardimni soʻrab nima qilasan?
Qaro koʻzli sanamjon-ey, oʻzing yaxshi bilasan –
Koʻksimdagi dardimni soʻrab nima qilasan?

Koʻksimdagi dardimni soʻrab nima qilasan? (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!