Sarvar va Komil - Ayol

Mehrdan yaralgan bogʻning bekasi,
Erta tong yarqiragan quyosh erkasi,
Sen baxt dunyosisan, mehr daryosi,
Hayot osmonining yulduzisan – ayol.
Muruvvat olamining shoxi sendadir,
Dunyo goʻzalligi, baxti sendadir,
Gohi togʻdek bardosh, gohi sen qalbi quyosh,
Sabr-matonatning koʻzisan – ayol.
Baxtimsan sen ayol, gʻururimsan ayol.
Ayol bahor kabi yashnagin sen, ayol,
Ayol muqaddassan, poksan sen ayol,
Ayol – mening onam, ayol – mening singlim,
Ayol – mening sevgilim. (x2)
Azaldan bu dunyoning bori sendandir,
Azaldan bu hayotning baxti sendadir.
Kuylar nolasida sen, qalbimizning qoʻrida,
Munavvar tonglarning kunduzisan – ayol.
Goh bedor allalarning suyanchi oʻzingsan,
Gohida yolgʻizlikning sogʻinchi oʻzingsan.
Gohi sen umr yoʻldosh, gohi mehribon ona,
Koʻksimga boshin qoʻygan singlimsan ayol.
Baxtimsan sen ayol, gʻururimsan ayol.
Ayol bahor kabi yashnagin sen, ayol,
Ayol muqaddassan, poksan sen ayol,
Ayol – mening onam, ayol – mening singlim,
Ayol – mening sevgilim. (x2)
Ayol…

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!