🎵 Qoʻshiq matnlari

Shahzod guruhi - Muhabbat

2.3K marta oʻqildi
Shahzod guruhi - Muhabbat
Balki ohu-zorimdan,
Bu dunyoda borimdan,
Men kutgan bahorimdan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki koʻzim nuridan,
Shu qalbim gʻururidan,
Jismu-jon toʻridan
Yaralganmisan?

Balki yetgan ahdimdan,
Kutilmagan baxtimdan,
Choʻkib ketmas shahdimdan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki dil xushlarimdan
Yo oʻngim, tushlarimdan,
Oqqan koʻz yoshlarimdan
Yaralganmisan?

Ozoringman muhabbat,
Humoringman to abad,
Bedoringman muhabbat,
Muhabbat. (x2)

Balki koʻnglim sirlaridan,
Bulbullarning tillaridan,
Ishq bahorim gullaridan
Yaralganmisan muhabbat?
Balki hayot yoʻllaridan,
Yomgʻiru qor, doʻllaridan,
Tabiatning qoʻllaridan
Yaralganmisan muhabbat?

Ozoringman muhabbat,
Humoringman to abad,
Bedoringman muhabbat,
Muhabbat. (x3)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!