🎵 Qoʻshiq matnlari

Abduvali Rajabov - Yomgʻirlar

1.9K marta oʻqildi
Abduvali Rajabov - Yomgʻirlar
Shamolday esib oʻtadi bu yillar,
Qaylarga bizni eltadi bu yoʻllar?
Unutgandek bizni tin olmay yomgʻir yogʻar,
Goʻzal sevgim yoningga yana qaytgim kelar.
Unutgandek bizni tin olmay yomgʻir yogʻar,
Shunday sevgim bor oʻzingga yor, goʻzal yor.

Yomgʻirlar yogʻar edi,
Boʻlmagandek qalbimizda
Shunday sevgi yoki armon, jonim.
Yomgʻirlar yogʻardi tinmay biz uchun,
Bugun esa sensiz yolgʻiz oʻzim.

Kechalar uzun, yulduzli boʻladi,
Dilga begʻubor orzular toʻladi.
Endi boʻlsa, jonim, uzoqlashdik biz bugun,
Sogʻinchlarda yuragim yana zor tunu-kun.
Endi boʻlsa, jonim, uzoqlashdik biz bugun,
Yoʻllaringga zor bu dilim yor, goʻzal yor.

Yomgʻirlar yogʻar edi,
Boʻlmagandek qalbimizda
Shunday sevgi yoki armon, jonim.
Yomgʻirlar yogʻardi tinmay biz uchun,
Bugun esa sensiz yolgʻiz oʻzim. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!